Jahon | 16:03 / 16.04.2018
15265
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonlik deputat aslida Qozog‘iston fuqarosi ekani ma'lum bo‘ldi

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi «Qirg‘iziston» partiyasidan Jogorku Kenesh deputati Damirbek Asilbek o‘g‘lining vakolatlarini muddatidan avval tugatdi. Bunga unda boshqa davlat fuqaroligi bor ekani sabab bo‘lgan.

Bunday qaror MSK a'zolari yig‘ilishida bugun, 16 aprel kuni qabul qilindi.

MSKning saylovlarni tashkil etish bo‘yicha bo‘limi mudiri T.Aytikeyev ma'lumotlariga ko‘ra, OAVda deputat Damirbek Asilbek o‘g‘lida boshqa davlat fuqaroligi bor ekani haqidagi xabar paydo bo‘lganidan so‘ng, MSK tegishli davlat organlariga xat yuborgan.

Qirg‘iziston IIV ma'lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston TIV Damirbek Asilbek o‘g‘li Jambil viloyatida tug‘ilgani hamda Qozog‘iston fuqaroligiga ega ekanini rasman xabar bergan.

Shuningdek ma'lum bo‘lishicha, JK deputatida ikki davlatning amaldagi pasporti bor. 

Foto: akipress.kg

Damirbek Asilbek o‘g‘li Qozog‘istonda kontrabanda sxemalari va tovarlarni bojxona to‘lovlaridan ozod etishni tashkil qilishda gumonlanib qo‘lga olindi.

 

Mavzuga oid