Prezident korrupsiyaga qarshi yangicha kurash taklifi bilan chiqdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev korrupsiya va byurokratiyaga batamom barham berish uchun aholiga xizmat ko‘rsatish sohasida AKTni jadal rivojlantirishni taklif etmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
13 aprel kuni Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari korrupsiya to‘g‘risida gapirarkan, u rivojlanishimiz oldida turgan eng katta tushovligini yashirib o‘tirmadi.
«Biz korrupsiya va manmanlikni yo‘qotsak, hammasi yaxshi bo‘ladi. Mana, shu kunlarda «Davlat xizmatlari markazi»ni tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladik. Tez orada xizmat ko‘rsatishda elektronlashtirish ko‘payadi», deydi prezident.
Bu nima degani? Endi tegishlicha ro‘yxatdagi ma'lumotnoma, qog‘oz bilan oid hujjatlar ana shu markaz tomonidan elektron tarzda taqdim etiladi.
Masalan, oliy ta'lim muassasasida qabul imtihonlari uchun hujjatlarni abituriyent o‘zi yashab turgan tumandan chiqmasdan, masofadan turib, topshirishi mumkin. Yoki haydovchilik guvohnomasini olish uchun viloyat markazidagi YHXB binosiga borib, navbat kutishi shart emas. Eng muhimi xizmatlarning elektron tizimga o‘tkazilishi ikki omilga qattiq ta'sir etadi: o‘rtada inson omili aralashmaydi (o‘z-o‘zidan korruptsiogen holatlarga yo‘l qo‘yish xavfi ancha pasaygan) va ko‘plab resurslar, jumladan, vaqt hamda xarajatlar iqtisod qilinadi.
Mavzuga oid
17:20 / 17.12.2024
Xitoyda katta miqdorda pora olishda ayblangan partiya mulozimi qatl etildi
12:00 / 11.12.2024
Netanyahu korrupsiya bo‘yicha ish yuzasidan sudda ko‘rsatma berishni boshladi
21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar
08:30 / 01.11.2024