Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIVda Argentina elchisi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Foto: TIV axborot xizmati
2018 yilning 16 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Argentinaning favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Rikardo Ernesto Lagorioni qabul qildi.
Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida turli sohalardagi O‘zbekiston-Argentina muloqotini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, BMT va uning tuzilmalari doirasidagi aloqalarga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Elchi 2018 yil 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaning muvaffaqiyatli va konstruktiv natijalari bilan O‘zbekiston tomonini tabrikladi.
Mavzuga oid
10:03 / 19.03.2026
Argentina AQSh ortidan JSSTdan chiqdi
11:21 / 28.02.2026
Yevrokomissiya YeI-Merkosur kelishuvini vaqtincha qo‘llaydi
22:19 / 28.01.2026
Argentinada dunyodagi ikkinchi yirik futbol stadioni paydo bo‘ladi
12:44 / 23.01.2026