Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zaxa Xadid loyihasi asosida qurilgan dunyodagi yagona xususiy uy (suratlar)
Barvixada mashhur me'mor Zaxa Xadid loyihasi bo‘yicha yagona xususiy uy qurilishi nihoyasiga yetdi. Uning egasi — Capital Group developer kompaniyasi hammuassisi Vladislav Doronin. Me'mor ayolning o‘zi uni "ruslar Jyeyms Bondi" deb atar edi.
Binoning o‘ziga xosligi — 22 metr balandlikdagi asosiy inshoot mahkamlangan ingichka beton. Bu g‘oya o‘n yil oldin tug‘ilgandi, o‘shanda ishbilarmon va me'mor Londonda uchrashishgan va Xadid bo‘lg‘usi bino chizmalarini salfetkaga chizib ko‘rsatgandi.
Men unga aytgandim: "Ertalab uyqudan turib, shunchaki moviy osmonni ko‘rishni xohlayman. Hech qanday qo‘shnilarni ko‘rgim yo‘q, men o‘zimni erkin his qilmoqchiman".
Vladislav Doronin, ishbilarmon
Qarorgohning o‘z tungi klubi, spa-saloni, suzish havzasi va yapon bog‘i bor. Birinchi qavatda mehmon uylari va bolalar yotoqxonalari, shuningdek kutubxona joylashgan.
Asli kelib chiqishi iroqlik bo‘lgan britaniyalik arxitektor Zaxa Xadid 2016 yilning martida yurak xuruji natijasida hayotdan ko‘z yumgan. U nufuzli Prittsker mukofotini qo‘lga kiritgan yagona arxitektor-ayol bo‘lgan. Rimdagi XXI asr Milliy san'atlar muzeyi va Bakudagi Haydar Aliyev markazi kabi mashhur binolar uning loyihalari asosida qurilgan.
Mavzuga oid
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
15:20 / 06.01.2026
Ajrimdan keyin erkak ayolni uy bilan ta’minlashi shartmi? Qonun tahlili
14:27 / 15.12.2025
O‘zbekistonda shahar aholisining asosiy qismi alohida uylarda yashaydi
18:14 / 04.10.2025