Jahon | 08:14 / 17.04.2018
22364
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil Suriyadagi bazaga hujum qildi – OAV

Foto: Reuters

Suriyaning Xoms shahridagi Shayrot harbiy aerodromiga hujum yuz berdi, u Isroil harbiy-havo kuchlari tomonidan amalga oshirildi. Bu haqda «Al-Masdar» portali suriyalik harbiylarga asosan xabar bermoqda.

Portalda ta'kidlanishicha, Isroil harbiy-havo kuchlari Suriyaga so‘nggi hafta ichida ikkinchi marta hujum uyushtirdi. Avvalroq, Isroilga tegishli ikkita F-15 qiruvchisi Tifor aerodromiga sakkizta raketa bilan zarba bergani xabar qilingandi.

Suriya rasmiy OAV xabariga ko‘ra, Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari Xoms shahri yaqinida raketalarni urib tushirgan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, suriyalik harbiylar 10ta raketani tutib olgan, ular Shayrot aerodromiga qarab uchirilgan bo‘lgan. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid