Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hududida zilzila qayd etildi
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma'lumotiga ko‘ra 16 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:18da O‘zbekiston Respublikasi hududida yer silkinishi qayd etildi. Zilzila markazi Toshkent shahridan 196 km uzoqlikda janubiy-g‘arbiy yo‘nalishda Jizzax viloyati hududida qayd etilgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
Zilzila magnitudasi markazda 3,5 ni tashkil etdi. Zilzila kuchi Samarqandda 2 ball, Jizzaxda 3 ballni tashkil etdi.
O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmagan. Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmadi.
Mavzuga oid
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
23:08 / 18.04.2026
Qoraqalpog‘istonda YTH natijasida avtomobil salonida qisilib qolgan haydovchi qutqarildi
21:10 / 04.04.2026
FVV akademiyasi huzurida qutqaruvchilar tayyorlash texnikumi tashkil etiladi
10:17 / 25.03.2026