Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MRB rahbari Kim Chen In bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgan
Foto: Leah Millis / Reuters
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Mayk Pompeo KXDRda Kim Chen In bilan maxfiy tarzda uchrashgan. Bu haqda The Washington Post gazetasi bir necha manbaga asoslangan holda xabar tarqatgan.
Janob Pompeo Pasxa uikendi kunlarida Shimoliy Koreyaga maxfiy tarzda tashrif buyurgani aytilmoqda. Ushbu tashrifdan maqsad AQSh prezidenti Donald Tramp va Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuv uchun tayyorlanish jarayonini muhokama qilish bo‘lgan.
MRBda, Oq uyda va Pxenyanda bu ma'lumotga izoh berishdan bosh tortishdi. Ammo shu vaqtda janob Tramp o‘z davlati KXDR bilan «juda yuqori darajada» to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlagani haqida ma'lum qilgandi. Bu muzokaralardan maqsad KXDR va AQSh o‘rtasida sammit o‘tkazish ekani aytildi.
Mart oyi boshida Donald Tramp Kim Chen In bilan uchrashishga rozi bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi. Keyinroq Vashington va Pxenyan ikki davlat rahbari uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish uchun maxfiy muzokaralar o‘tkazayotgani ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
21:08 / 04.11.2025
KXDR sobiq rasmiy rahbari Kim Yon Nam 97 yoshida vafot etdi
15:01 / 11.10.2025