Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul Pxenyan bilan tinch bitim qanday shartda imzolanishini ma'lum qildi
Foto: EPA
Janubiy Koreya KXDR bilan tinch bitim, agarda Pxenyan yadro qurolidan voz kechsa, imzolaydi. Bu haqda Yonhap agentligi Koreya Respublikasi prezidentining xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Chon Iy Yonga asosan xabar berdi.
Maslahatchining xabar berishicha, Janubiy Koreya hukumati KXDR yadroviy qurolsizlanish yo‘liga o‘tsa, ushbu davlatni rag‘batlantirishning turli usullarini ko‘rib chiqmoqda. Uning ta'kidlashicha, mamlakat Shimoliy Koreya bilan muzokaralar bo‘yicha ittifoqchilari bilan maslahatlashmoqda.
«Masalan, biz KXDRdan kelayotgan xavfsizlikka tahdidlarni qanday qilib yo‘q qilish mumkin ekanini muhokama qilmoqdamiz. Shuningdek, bizda Shimolga, agarda u to‘g‘ri qarorni qabul qilsa, yorqin kelajakni qanday qilib ta'minlab berish mumkinligi bo‘yicha barcha tomonlama muhokamalar bo‘lib o‘tdi», - deya aytib o‘tdi Chon Iy Yon.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Kim Chen Inning rejalari haqida ma'lumot bergandi.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
18:16 / 26.12.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidentiga 10 yillik qamoq jazosi so‘raldi
09:03 / 15.12.2025