Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar haqida televizordan bilgan – OAV
AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika hukumati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish niyatida ekanini televizordan bilgan. Bu haqda The New York Times yozmoqda.
«Tramp yakshanba kuni televizor ko‘rib o‘tirgan va AQShning BMTdagi elchisi Nikki Heylining prezident Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish rejasida ekani haqidagi bayonotini eshitgan», - deya xabar beradi nashr.
Nashr manbalari so‘zlariga ko‘ra, Tramp eshitgan narsasidan «darg‘azab bo‘lgan, sababi u bunday qarorni qabul qilmagan».
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyi boshida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin AQShning sanksiya siyosati kuch emas, balki zaiflik belgisi sanalishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:50
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
08:40 / 06.06.2026