Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek-Tojik chegarasini minalardan tozalash amaliyoti boshlanmoqda
Foto: Kxabar.kg
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi chegaralarda joylashtirilgan minalarni zararsizlantirish bo‘yicha professional ishchi guruh tuzilmoqda.
Kabar xabariga ko‘ra, joriy yilning 16 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev tojikistonlik hamkasbi bilan davlat chegarasini minalardan tozalash bo‘yicha kelishuvni imzolagan. Shuningdek, proffesional ishchi guruh tuzilgani ham ma'lum qilindi.
Tojik mahalliy OAV tarqatgan xabarga ko‘ra, ishchi guruh may oyidan faol ish olib borishi kutilmoqda. Shunga qaramay, o‘zbek-tojik chegarasining qaysi hududida va qancha maydonda minalar joylashtirilgani haqidagi ma'lumot sir saqlanmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu amaliyotni muvaffaqiyatli tugallash uchun taxminan 600 million AQSh dollari talab etiladi va chegarani minalardan tozalash 2019 yil so‘ngiga qadar davom etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga tashrifi davomida o‘zaro chegara hududini minalardan tozalash bo‘yicha kelishuvlarga erishilgandi.
Mavzuga oid
09:41 / 02.12.2025
O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston chegara qoidalarini buzmaslikka chaqirildi
15:45 / 20.11.2025
Litva Belarus bilan chegara nazorat-o‘tkazish punktlarini yana ochadi
13:16 / 19.11.2025
Litva: Belarus bilan yopilgan chegara yaqin kunlarda ochilishi mumkin
09:07 / 15.11.2025