O‘zbekiston | 21:59 / 19.04.2018
3156
2 daqiqa o‘qiladi

Sudyalar faoliyatini takomillashtirish uchun Komissiya qanday yordam beradi?

Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini ta'minlashga ko‘maklashish komissiyasining tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot xizmati vakilining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, mazkur komissiyaning ish boshlashi sohadagi islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ladi. Komissiya o‘z ishini odil sudlovni amalga oshirish bo‘yicha sudlar faoliyatiga aralashmagan holda bajaradi.

Ma'lum qilinishicha, mazkur komissiyaning vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

– sud hokimiyati va sudyalar mustaqilligini ta'minlashga yo‘naltirilgan qonunchilik ijrosi ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish;

– sud hokimiyati va sudyalar mustaqilligini ta'minlash sohasidagi muammolarni, sud-huquq sohasidagi muammolarning tanqidiy-tahlilini o‘tkazish;

– sud hokimiyati va sudyalar mustaqilligi va odil sudlovni amalga oshirishga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan omillarni aniqlash;

– sud hokimiyati va sudyalar mustaqilligini ta'minlash, sud-huquq sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

– xorijiy mamlakatlarning ushbu sohadagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish.​

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid