Jahon | 08:43 / 20.04.2018
15677
2 daqiqa o‘qiladi

Iroq jangarilarning Suriyadagi pozitsiyalariga zarba bera boshladi

Foto: AP

Iroq harbiy-havo kuchlari IShID jangarilarining Suriyadagi pozitsiyalariga zarba berdi. Bu haqda 19 aprelda Iroq mudofaa vazirligi rasmiy vakili Tahsin al-Hafajiy ma'lum qildi.    

“Havo zarbalari aniq bo‘ldi va IShID jangarilari va qo‘mondonlarining Suriyaning Frot daryosidan sharqdagi pozitsiyalariga berildi”, deb aytgan al-Hafajiy. Uning aytishicha, bu amaliyot tarkibiga Rossiya, Eron va Suriya kiruvchi xavfsizlik markazi bilan muvofiqlikda olib borilgan. 

Al-Hafajiyning ta'kidlashicha, razvedka Iroq uchun xavf borligini ma'lum qilsa, zarbalar yana davom ettiriladi.

Terrorchilar faoliyatini monitoring qilish bilan shug‘ullanuvchi Directorate 4 kanali ma'lumotlariga ko‘ra, amaliyotda Iroq harbiy-havo kuchlarining 9-eskadrilyasi ishtirok etgan. Bu eskadrilya qurollanishida AQShdan olingan F-16IQ qiruvchi samolyotlari bor. Samolyotlar Iroqning markaziy qismida joylashgan Salohiddin viloyatidagi Balad aviabazasidan havoga ko‘tarilgan. 

Kanalning ma'lum qilishicha, hujumga Suriyaning Shaddodiy shahridan janubdagi (bu hududlar ayni vaqtda AQSh kuchlari ko‘magida kurd-arab kuchlari tomonidan egallangan) hamda Suriya va Iroq chegarasidagi hududlar uchragan. Ta'kidlanishicha, avval bu hududlarda harakat qiluvchi jangarilar bir necha bor Iroq hududiga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. 

18 aprelda AQSh boshchiligidagi koalitsiya vakili Rayan Dillon Suriyada IShID bo‘linmalari faolligi keskin oshganini ma'lum qilgandi. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid