Jahon | 01:53 / 20.04.2018
9141
1 daqiqa o‘qiladi

Kubaning yangi prezidenti inqilobni davom ettirishga va'da berdi

Foto: reuters

Kubaning yangi prezidenti Migel Dias-Kanel mamlakat uning boshqaruvida ham Kuba inqilobi g‘oyalarini amalga oshirishini aytdi. 

Dias-Kanel prezident sifatidagi ilk nutqida endilikda sobiq rahbar, 86 yoshli Raul Kastroga hurmatini bildirgan. Uning aytishicha, Raul o‘z akasi Fidelning “eng yaxshi shogirdi” bo‘lgan.

“Xalq tomonidan berilgan vakolatlar bu juda muhim tarixiy onda Kuba inqilobini davom ettirishdan iborat”, deb aytgan Kubaning yangi prezidenti.

Avvalroq Kuba parlamenti 57 yoshli Migel Dias-Kanelni yangi prezident etib tasdiqlagandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid