Jahon | 17:00 / 20.04.2018
13481
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: «Novichok» AQSh arsenalida bo‘lgan va oson ishlab chiqariladi

Foto: RIA «Novosti»

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalni zaharlashda qo‘llangan modda - «Novichok» AQSh qurollari tarkibida bo‘lgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Bu modda Qo‘shma Shtatlarda patentlangan, qurollari tarkibida yoki turli biologik hamda kimyoviy armiyalari tomonidan foydalanuvda bo‘lgan. Hamda u juda osonlik bilan ishlab chiqariladi», - deya aytib o‘tdi Lavrov.

Shuningdek uning eslatishicha, bu moddani ishlab chiqqanlardan biri bo‘lmish Vil Mirzayanov AQShga ko‘chib o‘tgan va aynan o‘sha yerda modda formulasini e'lon qilgan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid