Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Rossiya va AQSh o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilik xavfini baholadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh yetakchisi Donald Tramp hamda ikki davlat harbiylari harbiy qarama-qarshilikka yo‘l qo‘yishmaydi, deya ma'lum qilgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. Bu haqda RIA «Novosti» yozmoqda.
«Harbiy qarama-qarshilik xavfi masalasiga qaytar ekanmiz, men harbiylar bunga 100 foiz yo‘l qo‘ymasligidan kelib chiqmoqdaman, hamda bunga, albatta, ham prezident Putin, ham, ishonchim komilki, prezident Tramp yo‘l qo‘ymaydi. Ular o‘z xalqlari tomonidan tanlangan yetakchilar bo‘lib, shu xalqlar oldida tinchlik va xotirjamlik uchun javob beradi», - deya aytib o‘tdi Lavrov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Mudofaa vazirligi Lockheed Martin kompaniyasi bilan gipertovushli qanotli raketa prototipini ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagani xabar qilingandi. Kutilishicha, Pentagon ularni ishlab chiqarishga 928 mln dollar ajratadi.
Mavzuga oid
09:30
Tramp: Netanyahu Eron bo‘yicha har qanday kelishuvni qabul qiladi
08:50
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
00:26