Iqtisodiyot | 16:00 / 20.04.2018
25376
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya AQShdan barcha oltin zaxiralarini qaytargan

Foto: RT

Turkiya Markaziy banki 2017 yili AQSh Federal rezervidan o‘z oltin zaxiralarini qaytarib olib ketgan. Hurriyet ma'lumotiga ko‘ra, gap 28,7 tonna oltin haqida ketmoqda.

Nashrning qayd etishicha, Turkiya hukumatining bu qarori Anqara va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashishi ortidan qabul qilingan.

AQShda Turkiyaning 28,7 tonna oltini saqlangandi. Qo‘shma Shtatlardan oltinning olib ketilgani Turkiya Markaziy banki tomonidan aprelda e'lon qilingan hisobotda ko‘rsatilgan. 

2016 yil ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh Federal rezervida saqlangan Turkiyaning oltin zaxiralari 28 ming 689 kilogrammni tashkil etgan. Markaziy bank hisobotlarida keltirilishicha, mamlakat oltin zaxirasining umumiy hajmi 564,6 tonnaga yoki 20 milliard dollar ekvivalentga teng.

Mavzuga oid