Jamiyat | 15:33 / 21.04.2018
14830
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo va Surxondaryodan kelib Toshkentda talonchilik qilganlar qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma'lum bo‘lishicha, 18 aprel kuni soat 03.00larda noma'lum shaxslar Markaz 2-dahada joylashgan shoxobcha oldida 1995 y.t. U.T.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, “Samsung” va “I Phone” mobil telefonlari hamda pullarini olib ketganlar. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Chiyalik qishlog‘ida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1990 y.t. S.O. va Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani Paxtakor ko‘chasida yashovchi, 1995 y.t. J.N. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olinganlar.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid