Konfessiyalar ishlari bo‘yicha kengash kengaytirildi
Prezident 16.04.2018 yildagi PQ–3668-son «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Norma’ning yozishicha, qo‘mita huzuridagi jamoatchilik-maslahat organi hisoblangan Konfessiyalar ishlari bo‘yicha kengashning yangilangan tarkibi tasdiqlandi (2004 yilda tashkil etilgan). Qo‘mita raisi lavozimiga ko‘ra uning raisi hisoblanadi. Kengash a'zolari – mamlakatimizda faoliyat yuritadigan diniy konfessiyalar vakillari soni 9 nafardan 17 nafarga ko‘paydi.
Kengash jamoatchilik asosida Qo‘mita tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat olib boradi. Uning asosiy vazifasi respublika hududlari va xorijiy davlatlardagi diniy-ijtimoiy jarayonlarning joriy holatini, shuningdek Markaz tomonidan tayyorlangan axborot-tahliliy materiallarning tegishli qismini doimiy ravishda muhokama qilish va natijasiga ko‘ra Qo‘mitaga tavsiyalar berishdan iborat.
Hujjat 18.04.2018 yilda kuchga kirdi.
Mavzuga oid
08:10 / 25.09.2024
Kasbiy malaka respublika kengashiga bosh vazir raislik qiladi
07:40 / 12.09.2024
Kozim To‘laganov Qurilish sohasi faxriylari kengashi raisi etib tayinlandi
11:35 / 03.08.2024
O‘zbekiston prezidenti huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi
13:41 / 22.06.2024