Jahon | 07:40 / 21.04.2018
6935
2 daqiqa o‘qiladi

MDH bosh shtablari uchuvchisiz aviatsiyaga qarshi birgalikda kurashmoqchi 

Foto: RIA «Novosti»

MDH davlatlari bosh shtablari uchuvchisiz aviatsiyani qo‘llash, jumladan unga qarshi kurashish sohasida hamkorlik qilmoqchi. Bu haqda Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i, mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, armiya generali Valeriy Gerasimov shtablar boshliqlari qo‘mitasi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Qozonda o‘tgan yig‘ilishga O‘zbekiston, Ozarboyjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Belarus vakillari kelishdi. 

Bundan tashqari, ishtirokchilar yig‘ilish davomida Suriyadagi aksilterrorchilik amaliyotida uchuvchisiz aviatsiyani qo‘llash tajribasi haqidagi ma'lumotlardan boxabar bo‘lishdi. Shuningdek, MDH davlatlari qurolli kuchlari aviatsiyasining 2017 yildagi parvozlari xavfsizligi holati tahlil qilindi.          

“Bugungi yig‘ilish Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi formatidagi harbiy hamkorlik yaxshi istiqbollarga egaligini va keng ko‘lamli yo‘nalishlar bo‘yicha muvaffaqiyatli hamkorlik qilishga imkon berishini yana bir bor isbotladi”, deb xulosa qilgan Gerasimov.

 

Mavzuga oid