Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina HDK Qrimga yaqin hududda mashqlar o‘tkazdi
Ukraina qurolli kuchlarining harbiy-dengiz kuchlari Qrimga yaqin hududda dengiz sohilini mudofaa qilish bo‘yicha mashqlar o‘tkazdi. Bu haqda mahkamaning Facebook’dagi sahifasida xabar berilgan.
«Ukraina qurolli kuchlarining harbiy-dengiz kuchlari dengiz sohilini mudofaa qilish bo‘yicha mashqlar o‘tkazdi...», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, dengiz piyoda askarlari shartli raqibning dengiz desanti hujumini qaytarish bo‘yicha vazifalarni bajardi hamda tahdid soluvchi yo‘nalishlarda bo‘linmalar manyovrini amalga oshirdi.
O‘z navbatida, artilleriya bo‘linmalari ham o‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Rossiyaning «zaif tomoni» haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
09:35 / 29.06.2026
Zelenskiy: Ukraina o‘z qahramonlarini o‘zi tanlaydi
14:59 / 28.06.2026