Jahon | 07:50 / 22.04.2018
21569
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an AQSh Turkiyaga tahdid solayotganini aytdi 

Foto: RIA «Novosti» /Mixail Klimentev

Turkiyaga birinchi navbatda strategik hamkorlaridan tahdid solinmoqda, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an. Erdo‘g‘an bunda suriyalik kurdlar mudofaa kuchlariga harbiy yordam ko‘rsatayotgan AQShni nazarda tutgan.  

“Tahdid qayerdan bo‘lmoqda? U birinchi nabatda strategik hamkorlarimiz tomonidan solinmoqda. Biz pullarimizga AQShdan qurol sotib ololmaymiz, biroq afsuski, AQSh va koalitsiya terrorchilik tashkilotlariga qurol va o‘q-dorilarni bepul bermoqda”, deb aytgan Erdo‘g‘an NTV telekanaliga bergan intervyusida. 

Uning aytishicha, AQSh Suriya shimoliga 5 mingta yuk mashina qurol jo‘natgan va bu Turkiyaga bevosita xavf soladi.

Erdo‘g‘an AQShni, shuningdek, muxolifatchi Fathulla Gulenni topshirishdan bosh tortayotgani uchun tanqid qilgan.  

“AQSh amerikalik pastor Branson ozodlikda bo‘lishini istasa, qabul qilgan qadamlariga nazar tashlashi va ekstraditsiya haqidagi kelishuvga rioya qilishi lozim”, deb ta'kidlab o‘tgan Erdo‘g‘an AQShning Bransonni ozod qilish iltimosi noqonuniyligini qo‘shimcha qilib. 

Gap Turkiyada hibsda ushlab turilgan amerikalik pastor Endryu Branson haqida ketmoqda. Ta'kidlanishicha, u terrorchilik guruhi a'zosi hisoblanadi. Turkiya prokuraturasi 50 yoshli Bransonga 35 yillik qamoq jazosi berilishini so‘ramoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid