Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qur'on musobaqasining Respublika bosqichi qayerlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmoqda?
Foto: KUN.UZ
21 apreldan boshlab O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan Qur'on musobaqasining Respublika bosqichi boshlandi. Musobaqani mamlakat bo‘ylab kuzatish imkoniyati taqdim etilgan. Musobaqa jarayonini onlayn efir orqali namoyish etish uchun quyidagi viloyatlardagi jome masjidlarida kerakli sharoitlar yaratilgan:
1. Nukus shahridagi «Imom Eshon Muhammad» jome masjidi
2. Andijon shahridagi «Devonaboy»
3. Kogon tumanidagi «Bahouddin Naqshband» yodgorlik majmuasi
4. Zomin tumanidagi «Ma'rifatli»
5. Navoiy shahridagi «Alisher Navoiy»
6. Namangan shahridagi «Xomiddin qori” jome masjidi
7. Samarqand tumanidagi «Imom A'zam»
8. Guliston shahridagi «Guliston»
9. Termiz shahridagi «Murch bobo»
10. Qarshi shahridagi «Ko‘k gumbaz»
11. Zangiota tumanidagi «Zangiota»
12. Farg‘ona shahridagi «Ummul quro»
13. Urganch shahridagi «Oxund bobo»
14. Toshkent shahridagi «Shayx Zayniddin», «Minor», «Hazrati Imom» jome masjidlarida mo‘min-musulmonlarimiz musobaqa jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib, ilohiy zavq olishmoqda.
Onlayn uzatish 9:00 dan 17:30 ga qadar davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Qur'on musobaqasi-2018 Respublika bosqichi 21, 22, 23 va 24 aprel kunlari erkaklar o‘rtasida, 25-26 aprel kunlari ayol-qizlar o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan. Musobaqaning oliy o‘rin sohibiga prezident sovg‘asi «Lacetti» rusumli avtomobili taqdim etiladi.

Mavzuga oid
10:36 / 27.05.2024
Rossiyadagi Qur’on musobaqasida o‘zbekistonlik talaba sovrindor bo‘ldi
22:31 / 08.04.2023
Eronlik qori Qur’on musobaqasida 800 ming dollar yutdi
15:06 / 02.11.2021
Bishkekda o‘tkazilgan Qur'on musobaqasi sovrindoriga 1 yillik o‘quv shartnoma puli to‘lab berildi
11:46 / 01.11.2021