Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron urushdan keyingi Suriyaning taqdiri haqida fikr bildirdi
Foto: Reuters/Fabrizio Bensch
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron unda Eron yadroviy bitimi bo‘yicha zaxira rejasi yo‘qligini, AQSh esa bu bitimning yaxshiroq varianti yo‘qligi sababli boriga amal qilishi lozim, deb aytdi Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Makronning aytishicha, Fransiya, AQSh va boshqa ittifoqdoshlar Suriyada IShIDga qarshi urush yakunlangandan keyin bu mamlakatni tiklashda “muhim rol” o‘ynaydilar. Uning ta'kidlashicha, Suriya kelajagini uning xalqi belgilaydi. Makron, shuningdek, agar g‘arb davlatlari qo‘shinlari Suriyani juda tez tark etadigan bo‘lsa, bu mintaqada Eronning pozitsiyalari kuchayishi mumkinligidan ogohlantirdi.
“IShIDga qarshi urushni yakunlagan kunimiz biz u yerdan, hattoki siyosiy ma'noda ketadigan bo‘lsak, hammasini Eron, Bashar Asad tuzumiga topshirgan bo‘lamiz va ular yangi urushni tayyorlaydilar, yangi terrorchilarni vujudga keltiradilar”, deb aytgan Makron.
Mavzuga oid
14:41
Aktyor Jorj Kluni va uning oilasi Fransiya fuqaroligini oldi
15:53 / 29.12.2025
O‘zbekiston va Suriya o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi
21:35 / 28.12.2025
Suriya g‘arbida o‘tkazilgan namoyishlar chog‘ida 3 kishi halok bo‘ldi
18:28 / 27.12.2025