Armanistonda namoyishchilar Gruziya bilan chegarani to‘sib qo‘yishdi
Armanistonda bir necha kundan buyon davom etayotgan namoyishlar ishtirokchilarining bir qismi yakshanba kuni Bagratashen qishlog‘ida Gruziya bilan chegarani yopib qo‘yishdi. Bu haqda Gruziya nashrlari xabar tarqatgan.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, natijada chegara orqali avtobuslar, yuk mashinalari va yengil avtomobillar qatnovi to‘xtab qolgan.
Gruziya Moliya vazirligining jurnalistlarga ma'lum qilishicha, gruzin tomonidagi «Sadaxlo» nazorat-o‘tkazuv punkti odatiy rejimda ishlamoqda, ammo Armanistonga kirishda muammolar yuzaga kelgan.
13 aprel kuni Armanistonda sobiq prezident Serj Sargsyan bosh vazir bo‘lishiga qarshi namoyishlar boshlandi. 17 aprel kuni namoyishlar yetakchisi «Baxmal inqilobi» haqida e'lon qildi, 22 aprel kuni esa politsiya bilan to‘qnashuvlar ro‘y berdi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
10:10 / 09.10.2024
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
20:10 / 02.10.2024