Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh kotib: BMT Suriyadagi barcha muammolarni hal qilib berolmaydi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning ma'lum qilishicha, tashkilot Suriyadagi barcha muammolarga hozircha yechim topish imkoniga ega emas. Bu haqda SVT telekanali xabar bermoqda.
«Suriyada bir nechta armiya, turli isyonchilar, jahonning barcha yerlaridan kelib jang qilayotganlar bor, turli manfaatlar to‘qnashmoqda, sovuq urush ketmoqda, shialar va sunniylar o‘rtasida qarama qarshilik mavjud, mintaqaning turli qismlari o‘rtasida boshqa ziddiyatlar kuzatilmoqda... Aftidan, BMT ushbu barcha muammolarni qandaydir sehrli yo‘l bilan hal qiladi, deb o‘ylash juda soddalik bo‘lardi. Ayniqsa, Xavfsizlik kengashi hozir juda qarama qarshi pozitsiyada bo‘lib turgan bir paytda», - deya aytib o‘tdi Guterresh.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh «sovuq urush» qaytgani haqida ma'lum qilgandi. «Sovuq urush qaytgani aniq. Biroq, endi AQSh va Rossiya xuddi avvalgidek barchani nazorat qilmayapti. Yaqin Sharq mintaqasida ko‘plab mamlakatlar juda faol: Turkiya, Eron, Saudiya Arabistoni va boshqalar. Ikkita yaxlit nazorat qilinuvchi blok yo‘q», - deya aytib o‘tdi Guterresh.
Mavzuga oid
08:10 / 06.06.2026
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashini favqulodda yig‘ilishga chaqirdi
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
08:33 / 02.06.2026