Jahon | 13:45 / 23.04.2018
4088
1 daqiqa o‘qiladi

G7 KXDRda yadro quroli bo‘lishiga hech qachon ko‘nmaydi – Yaponiya

Foto: AP

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kononing ma'lum qilishicha, G7 mamlakatlari Shimoliy Koreyada yadro qurolini bo‘lishini hech qachon qabul qila olmaydi va unga maksimal bosim o‘tkazishni davom ettiradi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Biz yadro quroli bilan qurollangan Shimoliy Koreyani hech qachon qabul qilmaslik bo‘yicha bir pozitsiyaga egamiz», - deya aytib o‘tdi Kono.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, G7 davlatlari TIV rahbarlari KXDRni ommaviy qirg‘in qurolidan voz kechishga chaqirmoqda. Bunda biologik va kimyoviy qurol ham nazarda tutilgan. Bundan tashqari, Shimoliy Koreya raketalarni, jumladan kichik va o‘rta harakat radiusidagilarni ishlab chiqish dasturidan voz kechishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G7 davlatlari Rossiyaga nisbatan sanksiya siyosatini davom ettirishi xabar qilingandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid