Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Putin Eron bo‘yicha muzokaralarni rejalashtirmayapti
Foto: Reuters
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Rossiya va AQSh prezidenti Vladimir Putin hamda Donald Tramp Eron yadroviy kelishuvi bo‘yicha muloqot o‘tkazishi hozircha rejalashtirilmayapti. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bergan.
«Prezident yo‘nalishi bo‘yicha, menga ma'lum bo‘lishicha, hozircha yo‘q. Qandaydir aloqalar va muloqotlar rejalashtirilayotgani yo‘q», - dedi Peskov AQSh bilan Eron kelishuvi masalalari bo‘yicha qandaydir aloqalar rejalashtirilganiga doir savolga javob berar ekan.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 23 aprel kuni AQShga birinchi rasmiy tashrifi bilan keladi. Tramp bilan muzokaralarda, kutilishicha, Eron yadroviy kelishuvi asosiy masalalardan biriga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy milliy atom agentligida, agarda AQSh yadro kelishuvini tark etadigan bo‘lsa, «kutilgan va kutilmagan» reaksiya variantlar bor ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:05
RFda Putin figuralari sabab nemis haykaltaroshi ustidan sud keyinga qoldirildi
12:35
FBK Putinning yana bir “saroyi”ni topdi - qo‘shib olingan Qrimda
09:43
Kiyev AQSh bilan Putin qarorgohiga hujum haqidagi xabarlarni muhokama qildi
09:21