Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilişiça, milliy atom agentligida, agarda AQŞ yadro kelişuvini tark etadigan bölsa, «kutilgan va kutilmagan» reaksiya variantlari bor. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Atom energiyasi böyiça bizning taşkilot AQŞ kutayotgan va kutmagan harakatlarga butunlay tayyor», - deya aytib ötdi Ruhoniy.

Eslatib ötamiz, avvalroq Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javad Zarif agar AQŞ Eron yadroviy dasturi böyiça kelişuvdan çiqsa, Tehron Vaşington uçun noxuş böladigan bir qator çoralar körişini aytgandi. Zarif AQŞ kelişuvdan voz keçsa, Eron öz manfaatlaridan kelib çiqib harakat qilişi va kelişuv doirasida hamda unga kirmaydigan çoralarni qöllaşi mumkinligini ma'lum qilgan.