Jahon | 12:01 / 24.04.2018
11697
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyadan ketmoqchi emas – Lavrov

Foto: MIDRussia

AQSh, o‘z bayonotlariga qaramay, Suriya hududini tark etishni mo‘ljallayotgani yo‘q. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ShHT TIV rahbarlari majlisi yakunlari bo‘yicha ma'lum qildi.

«Qator mamlakatlar Suriyani butunlay bo‘lib tashlashga harakat qilmoqda. Qo‘shma Shtatlar bizni yagona maqsadi – Suriyadan terrorchilarni haydab yuborish, IShIDni mag‘lub etish ekani haqida ishontirgandi», - deya aytib o‘tdi u.

Lavrovning ko‘rsatishicha, AQSh yetakchisi Donald Trampning bayonotlariga qaramay, «aslida Qo‘shma Shtatlar Frot sharqiy qirg‘og‘ida faol ravishda o‘rnashmoqda va u yerdan ketishni rejalashtirayotgani yo‘q».

«U yerda mahalliy hokimiyat organlarini yaratishmoqda, ularni bunda, darvoqe, Fransiya prezidenti ham rag‘batlantirmoqda», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov g‘arb davlatlarining Suriyaga hujumi Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot (KQTT) ekspertlari ishiga xalaqit berishga yo‘naltirilgan bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid