00:07 / 24.04.2018
10827

Erdo‘g‘an deputatlar o‘rtasidagi janjaldan ranjib parlamentdan chiqib ketdi

Foto: RIA Novosti

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 23 aprelda Milliy suverenitet va bolalar kuniga bag‘ishlangan parlament yig‘ilishida hukmron Adolat va rivojlanish partiyasi va muxolif Xalq-respublika partiyasi deputatlari o‘rtasidagi dahanaki janjalni “sharmandalik” deb atab, yig‘ilishni tark etdi.

Parlament yig‘ilishida muxolif partiya yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘lu Turkiyada favqulodda vaziyat tartibi uzaytirilishini “to‘ntaruv” deb atagan. Bu esa hukmron partiya deputatlarining salbiy munosabatiga sabab bo‘lgan. Ular muxolifat yetakchisini davlat to‘ntaruviga urinish vaqtida qo‘rqoqlikda ayblashgan. Muxolif partiya vakillaridan biri to‘ntaruv vaqtida mamlakat bosh vaziri Binali Yildirimni harakatsizlikda ayblagan. Deputatning aytishicha, Yildirim to‘ntaruv vaqtida go‘yoki mamlakat shimolidagi tunnelda yashirinib o‘tirgan.

Bahs bosh vazir Yildirimning qizg‘in nutqi bilan tugagan. U to‘ntaruv vaqtida isyonchilarning harakatlarini to‘xtatgan aviatsiyani boshqargan.

Shundan keyin Erdo‘g‘an bayram kuni chiqqan janjalni “sharmandalik” deb yig‘ilishni tark etgan.

Turkiyadagi siyosiy vaziyat o‘tgan haftada Erdo‘g‘an mamlakatda 24 iyunda muddatdan avvalgi prezident va parlament saylovlari o‘tishini e'lon qilgandan keyin keskinlashib ketdi. 

Mavzuga oid
Top