Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevro-2024 Germaniyada o‘tkazilishi mumkin
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) matbuot xizmatining xabar berishicha, Germaniya 2024 yilgi Yevropa chempionatini o‘tkazish uchun murojaat yubordi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.
«Biz ideal tashkil etilgan musobaqani o‘tkazish uchun ajoyib konsepsiyani taqdim etdik, u UYeFAga Yevropada futbolni rivojlantirish imkonini beradi.
Yevropa yuragida tashkil etiladigan 2024 yilgi chempionat barcha jamoalarga o‘z ishqibozlaridan maksimal qo‘llab-quvvatlov olish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, biz turli millatdagi insonlar o‘rtasida ko‘priklar qurmoqdamiz va futbol hamda zamonaviy fuqarolik jamiyati qadriyatlarini tiklashga muhim hissa qo‘shmoqdamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Germaniya futbol ittifoqi rahbari Raynxard Grindel.
Ta'kidlanishicha, murojaatlarni qabul qilish 27 aprel kuni yakunlanadi. UYeFA qarorgohiga shu haftada Turkiya delegatsiyasi ham tashrif buyurib, murojaat taqdim etadi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
08:28 / 03.06.2026
Ruminiya 298 ta Lynx jangovar mashinasini xarid qiladi
08:38 / 02.06.2026