Kreml: Armanistonni Ukraina bilan taqqoslash mantiqsizlik
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Kremlda Armanistonda ro‘y berayotgan hodisalarni Ukraina bilan taqqoslashmagan bo‘lardi, sababi vaziyat umuman har xil. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Men o‘xshatmagan bo‘lardim, sababi vaziyat umuman boshqacha. Bu yerda to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘xshatishga hojat ham yo‘q. Albatta, vaziyatni tahlil qilish lozim, hamda yana bir marta qaytaraman: biz uni juda diqqatlik bilan kuzatib bormoqdamiz. Biroq hozir shuni aytishim mumkinki, Ukraina bilan qandaydir o‘xshatishlarni qilish bu yerda umuman mantiqsizlik», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston mudofaa vaziri Yerevanga armiya kiritilishi mumkin ekani haqida bayonot bergandi.
Mavzuga oid
00:49
NYT: sentabr Rossiya Qurolli Kuchlari uchun eng halokatli oy bo‘ldi
19:38 / 11.10.2024
Zelenskiy Yevropa poytaxtlarini aylandi. U ittifoqchilardan nima talab qildi? Va u nimaga erishishi mumkin?
18:21 / 11.10.2024
Ukrainada KXDR askarlari jang qilyaptimi - va ular Rossiya armiyasiga qanday yordam bera oladi?
15:49 / 11.10.2024