Sport | 01:10 / 24.04.2018
13783
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘llanma: Jahon chempionatiga qanday borish mumkin?

Foto: TASS

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi rasmiy saytida JCh-218 o‘yinlariga qanday qilib tashrif buyurish mumkinligi borasida maslahatlar chop etildi.

Unda qayd etilishicha, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, sport musobaqalariga tashrif buyurish uchun viza olish shart bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda jahon chempionatiga tashrif buyurish istagida bo‘lgan muxlislar ID-kartasini (muxlis pasporti) taqdim qilishi yoki jahon chempionati uchrashuviga kirish uchun chiqarilgan chiptani sotib olgani to‘g‘risida elektron hujjatni ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Bu haqda to‘liq ma'lumot www.FAN-ID.ru saytida e'lon qilingan.

O‘zbekiston fuqarolari Rossiya Federatsiyasi hududida har 180 kunning 90 kunida vizasiz yura olishi mumkin.

Rossiyaga vizasiz tashrif buyuruvchi muxlislar ID-kartasi (muxlis pasporti) yoki jahon chempionati uchrashuviga kirish uchun chiqarilgan chiptani sotib olgani to‘g‘risida elektron hujjat bilan mamlakatga o‘yin boshlanishidan 10 kun oldin kelishi va final uchrashuvi o‘tkazilgandan 10 kun davomida mamlakat hududidan chiqib ketishi mumkin bo‘ladi.

Rossiya Federatsiyasiga avtomobil orqali kelishni istagan xorij fuqarolari faqatgina xalqaro transport qatnovi ruxsat berilgan chegara postlari orqali kirib kelishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston fuqarolari muxlislar pasportini Rossiya Federatsiyasining maxsus statsionar markazlaridan ham olishi mumkin.

Chet el fuqarosining pasporti muxlis pasporti amal qilish muddatidan (2018 yil 25 iyulgacha) kam bo‘lmasligiga alohida e'tibor qaratish lozim, agar amal qilish muddati bundan oldinroq tugaydigan pasport egalariga muxlis pasporti rasmiylashtirilmaydi.

Muxlis pasporti nima? Quyidagi skrinshotlar orqali bu haqida ma'lumot olish mumkin bo‘ladi:

Muxlis pasportini qanday qilib olish mumkin?

Mavzuga oid