Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shomahmudovlar oilasi haykali yana ko‘chiriladi
Bir vaqtlar Toshkentdagi “Istiqlol” san'at saroyi maydonida qad ko‘tarib turgan Shomahmudovlar oilasi haykali yana shu maydonga qaytariladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
“Ikkinchi Jahon urushi yillarida turli millatlarga mansub bo‘lgan 15 nafar bolani o‘z qanotiga olgan Shoahmat va Bahri Shomahmudovlar oilasi haqida Rahmat Fayziyevning «Yego velichestvo Chelovek» romani asosida kinorejissyor Shuhrat Abbosovning «Sen yetim emassan» kinofilmi tasvirga olingan va bu film hanuzgacha turli xalqlar orasida sevib tomosha qilinadi. Asrab olingan bolalar orasida rus, belarus, moldavan, yahudiy, latish, tatar, qozoq millatlariga mansub bolalar bo‘lgan”, - deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan 2018 yilning 23 aprel kunidan “Istiqlol” san'at saroyi maydonida rekonstruksiya ishlari boshlab yuborilgan. Tez kunlarda Shomahmudovlar oilasi jamlangan haykal ushbu maydonda qad ko‘taradi.
“Xalqlar Do‘stligi siymosi hisoblangan ushbu haykal Toshkent shahrining ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shib yanada chiroyini ochadi. Poytaxtimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarini birdamlikka, do‘stlikka va bir oila bo‘lib yashashga da'vat qiladi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, haykal o‘z vaqtida M-39 «Toshkent-Termiz» avtoyo‘lining Toshkent shahriga kiraverish qismiga ko‘chirilgandi. O‘tgan yili esa u yerdan olinib, Do‘stlik bog‘iga (sobiq Bobur parki) o‘rnatilgandi.
Mavzuga oid
19:56 / 13.05.2025
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi
21:51 / 13.09.2024
Britaniyada Yelizaveta II ning yangi haykali paydo bo‘ldi. U ko‘plab bahslarga sabab bo‘lmoqda
22:04 / 27.08.2024
Hindiston milliy qahramonining 10 metrli haykali qulab tushdi
09:36 / 10.05.2024