Ikkinçi Jahon uruşi yillarida turli millatlarga mansub bölgan 15 nafar bolani öz qanotiga olgan Şoahmat va Bahri Şomahmudovlar oilasi haykali poytaxtga qaytariladi. Bu haqda «Nuz.uz» naşri Respublika xalqaro madaniyat markaziga asoslangan holda xabar tarqatdi.
2008 yilda Xalqlar Döstligi siymosi hisoblangan uşbu haykal Toşkent şahrining çekka qismiga köçirilgan edi. Hozirda haykalni şahar markaziga qaytadan örnatiş rejalaştirilmoqda.
Şomahmudovlar oilasining haykali qayerga örnatilişi borasida bir neça takliflar berilgan. Baynalminal milliy madaniyat markazi haykal Döstlik boğiga (sobiq Bobur)köçirilişiga umid qilmoqda.
Qayd etiş kerakki, hozirda Döstlik boği oldi qismida joylaşgan bino Respublika Baynalminal milliy madaniyat markazi hisoblanadi va bu yerda barça millatlararo turli bayram, marosimlar ötkazib kelinmoqda.
Şomahmudovlar oilasi haqida Rahmat Fayziyevning «Yego veliçestvo Çelovek» romani asosida kinorejissyor Şuhrat Abbosovning «Sen yetim emassan» kinosi tasvirga olingan va bu film hanuzgaça turli xalqlar orasida sevib tomoşa qilinadi. Asrab olingan bolalar orasida rus, belarus, moldavan, yahudiy, latiş, tatar, qozoq millatlariga mansub bolalar bölgan.
Xalqlar döstligi monumenti Toşkentda 1982 yilda örnatilgan. Uning mualliflari — haykaltaroş D.B. Ryabiçev va arxitektorlar L.T. Adamov, S.R. Odilov.












