Jahon | 09:44 / 24.04.2018
11460
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp va Makron Oq uy yonida ko‘chat o‘tqazdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron bilan birgalikda Oq uydan uncha uzoq bo‘lmagan yerda eman daraxti ko‘chatini o‘tqazdi. Bu haqda ABC News xabar qilmoqda.

Marosimda AQSh va Fransiya birinchi xonimlari Melanya Tramp hamda Brijit Makron ham ishtirok etgan. Ta'kidlanishicha, Makron va uning rafiqasi eman daraxt ko‘chatini Fransiyadan o‘zlari bilan olib kelgan.

Foto: Reuters

Avvalroq, 23 aprelda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQShga davlat tashrifi bilan kelgani xabar qilingandi. Makronning samolyoti Vashington yaqinidagi Endryus harbiy-havo bazasiga qo‘ngan. Makron 24 aprelda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi, 25 aprelda esa AQSh kongressida nutq so‘zlaydi. 

 

Mavzuga oid