Jahon | 09:22 / 25.04.2018
7631
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmayapti – Rossiya

Foto: AP /Alexander Zemlianichenko

AQSh Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha konvensiya doirasidagi (KQTK) majburiyatlarni bajarmayapti va Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilotni (KQTT) boshqa davlatlar hududida o‘z kimyoviy quroli bor ekani haqida xabardor etmayapti. Bu haqda Rossiya TIV bayonotida aytiladi.

TIVdan eslatishlaricha, aynan AQSh KQTKning o‘zida kimyoviy qurolning jiddiy arsenalini saqlab turgan yagona ishtirokchi davlati bo‘lib qolmoqda.

«AQSh kimyoviy konvensiya doirasidagi o‘z majburiyatlarini bajarmayapti va KQTTni boshqa mamlakatlar hududida o‘z kimyoviy quroli borligi haqida xabardor etmayapti. Xususan, Vashington Panamada qoldirilgan fosgenli o‘q-dorilarini tan olmadi, garchi KQTT texnik kotibiyati ekspertlari uzoq 2002 yilda ular Amerikaga tegishli ekanini tasdiqlashgandi. AQSh uni yo‘qotish uchun mas'uliyatni shunchaki Panama hukumati bo‘yniga yuklab qo‘ydi», - deyiladi Rossiya TIV bayonotida. U AQSh Davlat departamentining qurollar, tarqatmaslik va qurolsizlanish ustidan nazorat sohasidagi kelishuvlar hamda majburiyatlarga rioya etish to‘g‘risidagi hisobotini baholashga bag‘ishlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Britaniyaning Skripallar ishi bo‘yicha javoblaridan norozi ekani xabar berilgandi.

 

Mavzuga oid