Jahon | 09:50 / 25.04.2018
23831
1 daqiqa o‘qiladi

BMT ham Rossiya tajovuzkorligini to‘xtata olmadi – Ukraina

Foto: CC BY 2.0 /Ukraina mudofaa vazirligi

Ukraina TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Kislitsaning bildirishicha, BMT Rossiyaning mamlakatga nisbatan tajovuzkorligini to‘xtata olmadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«2014 yilda na BMT yetakchilari, na Xavfsizlik kengashi a'zolari o‘sha vaqtda Rossiyaning harbiy tajovuzkorligi, Qrim va Donbassning bosib olinishini to‘xtata olishmadi», - deya aytib o‘tdi Kislitsa BMT Bosh Assambleyasi forumida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, vaziyat normallashishi BMTning jalb etilganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

«BMT shafeligidagi tinchlikparvarlik amaliyoti bu jarayonda hal qiluvchi omilga aylanishi mumkin, hamda biz bu muhim yo‘nalishda o‘zgarishlar bo‘lishiga umid qilmoqdamiz», - deya ma'lum qilgan Kislitsa.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadan chiqarib yuborilgan britaniyalik diplomatlar Ukrainada joylashtirilishi mumkin ekani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid