Temir yo‘lga yaqinlashganda musiqani bloklovchi ilova paydo bo‘ldi
Qozon mintaqaviy aloqa markazi xodimlari Safe Train ilovasini taqdim etishdi, ilova foydalanuvchining temir yo‘lga yaqinlashayotganidan ogohlantirib, musiqa tinglash funksiyasini bloklaydi. U birinchi navbatda bolalar va ularning harakatlanishini nazorat qilishi mumkin bo‘lgan ota-onalarga mo‘ljallangan.
Yangi ilovaning ishlab chiqilishiga bolalar travmatizmi tahlili sabab bo‘ldi. Ilova mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, temir yo‘llardagi o‘lim va jarohatlarning asosiy sabablaridan biri - quloqchinlarda musiqa tinglash yoki video tomosha qilish. Ularning aytishicha, Tataristonda temir yo‘l zonalarida 37 kishi jabrlangan, ulardan 28 nafari halok bo‘lgan. Umumiy hisobda olganda, Rossiya bo‘yicha temir yo‘llarda jabrlanganlar soni 2500 kishini tashkil qiladi, ulardan 1700 dan ortig‘i halok bo‘lgan.
Safe Train mualliflarining ta'kidlashlaricha, ilova foydalanuvchini xavf yaqinlashayotganidan ikki marta ogohlantiradi. Temir yo‘l hududiga 70 metr qolganda foydalanuvchi "sariq zona"ga tushadi: unda mediakontent bloklanadi. Foydalanuvchi "qizil zona" - 50 metrga yaqinlashganida esa qurilmada ovozli va vibratsiyali xabar paydo bo‘ladi.
Safe Train internetsiz ham ishlay oladi. Ilova shuningdek ota-onalarga farzandini nazorat qilish imkonini beradi. Hozircha Safe Train ilovasini faqat to‘rtinchi versiyadan boshlangan Android-smartfonlarga yuklash mumkin.
Mavzuga oid
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
21:05 / 30.09.2024
Yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchi tashish xizmati tariflari erkinlashtiriladi
18:48 / 28.09.2024
Xitoydan Qirg‘iziston orqali o‘tadigan temir yo‘lning O‘zbekistondagi qismi qachon qurilishi ma’lum bo‘ldi
19:06 / 23.08.2024