Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Suriya shimolidagi harbiy ishtirokini kuchaytirishga va'da berdi
Fransiya yetakchisi Emmanuel Makronning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlarning Suriya shimolida harbiy jihatdan bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaydi hamda xalqaro koalitsiyadagi o‘z ishtirokini kuchaytiradi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Biz xalqaro koalitsiyaning yangi doiralarida ishtirok etishni kuchaytiramiz, unda qatnashishda davom etamiz va bunga sodiqmiz. Men amerikaliklar bilan muvofiqlashgan holda, Suriya shimolida AQShning harbiy jihatdan bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash tarafdoriman. Bu, ayniqsa, Firot daryosidan sharqda yuz berishi kerak», - deya aytib o‘tdi Makron Vashingtondagi matbuot anjumani davomida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makron Suriya bo‘yicha «kichik guruh» ishi haqida gapirgandi. Uning ma'lum qilishicha, «davlatlar kichik guruhi» ishi Suriyadagi harbiy mojaroni to‘xtatish bo‘yicha Ostona va Jyeneva jarayonlarini yaqinlashtirishi mumkin.
Mavzuga oid
08:17
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026
Fransiyada parashyutchilar maktabiga qarashli samolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
10:27 / 27.06.2026
O‘zbekistonda Fransiya vizasi uchun vositachilarsiz hujjat topshirish imkonsiz bo‘lib qolgani aytilmoqda
18:00 / 25.06.2026