Jahon | 08:36 / 26.04.2018
7825
2 daqiqa o‘qiladi

KXDRdagi yadro poligoni sinovlar uchun yaroqsiz bo‘lgan

Foto: Reuters /KCNA KCNA

KXDR yetakchisi Kim Chen In yopilishi haqida 21 aprel kuni ma'lum qilgan yadroviy sinov maydonchasi tog‘ yonbag‘ri qulab tushgani tufayli foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xitoylik seysmologlar tadqiqotiga asosan yozmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, tog‘ yonbag‘rining qulashi portlashdan so‘ng sodir bo‘lgan. Shuningdek ta'kidlanishicha, yaqin vaqt ichida olimlar hisobotning to‘liq matnini e'lon qiladi.

Avvalroq OAV KXDR yadro sinovlarini nega to‘xtatgani haqida xabar bergandi. South China Morning Post nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In yadro sinovlarini to‘xtatish haqidagi qarorni Pungeri yadro poligonida 2017 yilning kuzida ro‘y bergan avariya tufayli qabul qilgan, u tunnellardan birining o‘pirilishi va radioaktiv moddalar sizib chiqishiga sabab bo‘lgani aytilyapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR va Janubiy Koreya yetakchilari qachon uchrashishi ma'lum bo‘lgandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid