Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In va Koreya Respublikasi prezidenti Mun Çje In juma, 27 aprel kuni, Toşkent vaqti bilan soat 5:30da demarkatsiya çiziğida uçraşadi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Xabar berilişiça, mamlakatlar yetakçilarining qurolsizlantirilgan hududdagi uçraşuvidan söng, Janubiy Koreya faxriy gvardiyasi siyosatçilarga muzokaralar ötkaziladigan joyga qadar hamrohlik qilib boradi. Muzokaralar esa Toşkent vaqti bilan soat 6:40da boşlanadi. Kutilişiça, mamlakatlar yetakçilari sammit yakunlari böyiça qöşma hujjatni imzolaydi.

RIA «Novosti»ning aniqlik kiritişiça, Kim Çen Inga uning singlisi, 2015 yildan beri Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qömitasi tarğibot va taşviqot bölimi boşliği lavozimini egallab kelayotgan Kim Yo Çen hamrohlik qiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR yetakçisi Kim Çen In Pxenyan yadro va raketa sinovlarini töxtatayotgani, şuningdek yadroviy sinov maydonçasini yopayotgani haqida ma'lum qilgandi.