15:17 / 27.04.2018
32328

12 yoshli Ravshanbek Toshkentga yangi qo‘l bilan qaytib keldi

12 yoshli Ravshanbek yaxshilar ko‘magi va saxovati ila yangi qo‘l bilan Toshkentga qaytib keldi. 7 yoshida ko‘ngilsiz voqea tufayli o‘ng qo‘lidan ayrilgan Ravshanbek tanadagi o‘zgarishlar, organizm o‘sishi oqibatida ko‘p muolajalar qabul qilishga majbur bo‘lgandi. 

Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yili Ravshanbekning onasi Dilnoza Polvonova Kun.uz’ga murojaat qilgandi. Shundan so‘ng uning o‘g‘li uchun xayriya aksiyasi o‘tkazilib, yig‘ilgan pullar evaziga bolaning muolajasi davom ettirilgan. Ona o‘g‘lini Toshkentdan berilgan yo‘llanma bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga olib bordi. U yerda shifokorlar Ravshanbekni tekshirib, unga protez qo‘l qo‘yish uchun dastlabki harakatlarni boshladi.

Ushbu jarrohlik amaliyoti 25 ming dollar mablag‘ evaziga amalga oshirilishi ma'lum bo‘lgach, xayriya aksiyasi natijasida yig‘ilgan mablag‘lar xarajatlarni to‘liq qoplamasligi yaxshilarning ko‘magi oldida hech narsa bo‘lmay qoldi. Ular barcha qiyinchilikni ortda qoldirib, O‘zbekistonga omon qaytib kelishdi. 

4 farzandni yolg‘iz ulg‘aytirayotgan onaga ikkinchi farzand bo‘lmish Ravshanbek qo‘l qo‘ydirib, dastyor bo‘lishni istaydi. Ayni paytda Ravshanbek xalqi uchun nafi tegadigan huquqshunos-yurist bo‘lib xizmat qilmoqchiligini, yaxshi o‘qib, doimo yaqinlarini xursand qilishini aytdi. Biz mazkur xayriya aksiyasida ishtirok etgan, Ravshanbekni moddiy va ma'nan qo‘llab turgan Kun.uz o‘quvchilariga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz. 

Mover.uz'da ko‘rish

 

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top