Jahon | 15:12 / 27.04.2018
9510
1 daqiqa o‘qiladi

Aviakompaniya g‘aroyib tanlov e'lon qildi - g‘olibning surati samolyotga tushiriladi

Foto: Kulala Airlines

Janubiy Afrikaning Kulula Airways aviakompaniyasi eng kulgili va ahmoqona portret fotolar tanlovi haqida e'lon qildi. Ularning oltitasidan samolyotlar livreyi sifatida foydalaniladi. Travel and Leisure shu haqida xabar berdi.

Tanlovda ishtirok etish uchun istagan kishi saytda ro‘yxatdan o‘tib, o‘z suratini yuklashi kerak. Shundan so‘ng sizning samolyotdagi livreyingiz qanday ko‘rinishiga doir videosimulyatsiyani ko‘rish mumkin bo‘ladi. 

G‘oliblarning har biri shuningdek aviakompaniya yo‘nalishlaridan birida o‘zining surati tushirilgan samolyot reysiga bepul chipta oladi. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 30 aprelga qadar qabul qilinadi.

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid