Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekiston” xalqaro ko‘rgazmada Gran-prini qo‘lga kiritdi
Ostonada davom etayotgan “III Yevroosiyo xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi” qizg‘in pallaga kirdi.
Avval xabar qilinganidek, xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston delegatsiyasi munosib ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari S.Shukurov boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi mas'ul kotibi Q.Ualiyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro ko‘rgazma doirasida taniqli yozuvchi va shoirlar, madaniyat namoyandalari bilan uchrashuvlar, kitob targ‘ibotiga doir tadbirlar davom etdi.
“Korme” ko‘rgazmalar markazining konferensiyalar zalida O‘zbekiston xalq shoiri, Oliy Majlis Senati qo‘mita raisi Iqbol Mirzo bilan ijodiy uchrashuv, “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: islom olamining buyuk dahosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Kunning ikkinchi qismida ko‘rgazmaning faol ishtirokchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Yevroosiyo xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Agentlik tizimidagi “O‘zbekiston”, G‘afur G‘ulom, Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, “Yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa markazi, “Hilol nashr” nashriyot-matbaa korxonasi, “Buxoro kitob olami” mas'uliyati cheklangan jamiyati xalqaro ko‘rgazmadagi faol ishtiroki uchun taqdirlandi.
Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi (“Vneklassnoye chteniye” – 1-4 sinflar uchun mo‘ljallangan darsdan tashqari kitobi uchun) “Eng yaxshi o‘quv adabiyoti”, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi (“O‘zbek xalq ertaklari” kitobi uchun) “Bolalar va o‘smirlar uchun eng yaxshi kitob” nominatsiyalarida maxsus diplomni qo‘lga kiritdi.
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi “Namangan” kitob albomi uchun “Eng yaxshi o‘lkashunoslik” nominatsiyasi bo‘yicha, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi “Alisher Navoiy qomusiy lug‘ati” uchun “Fan va innovatsiya” nominatsiyasida I darajali diplomga ega bo‘ldi.
Dunyoning yigirmaga yaqin mamlakatidan 150 dan ortiq nashriyotlar qatnashgan ushbu ko‘rgazmada O‘zbekiston milliy paviloni eng yaxshi ekspozitsiya, deb topildi.
“O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan chop etilgan Nursultan Nazarboyevning “XXI asr arafasida” kitobi oliy mukofot – Gran-prini qo‘lga kiritdi.
Ko‘rgazma davom etmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro noshirlik va kitob savdosi tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.
Mavzuga oid
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
08:20 / 20.05.2026