Jahon | 10:31 / 28.04.2018
9468
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh razvedkasi KXDR yadro poligoni yopilganiga shubha qilmoqda

Foto: Reuters

AQSh razvedka xizmatlarining fikricha, Shimoliy Koreyada yopilgan Pxungeri yadroviy poligoni hamon sinovlarni o‘tkazish uchun yaroqli holatda bo‘lishi mumkin. Bu haqda Reuters manbalarga asosan xabar bermoqda.

«Pxungeri poligoni endi ishlamayotgani bo‘yicha xulosa chiqarishga yetarlicha asoslar yo‘q», - deya ma'lum qildi agentlik manbasi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, poligon hududida «uncha kuchli bo‘lmagan geologik buzilishlar» kuzatilmoqda. Biroq poligon ishini nisbatan qisqa vaqt ichida tiklash mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDRdagi yadro poligoni sinovlar uchun yaroqsiz bo‘lgani xabar qilingandi. Ma'lumotlar ko‘ra, KXDR yetakchisi Kim Chen In yopilishi haqida 21 aprel kuni ma'lum qilgan yadroviy sinov maydonchasi tog‘ yonbag‘ri qulab tushgani tufayli foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid