Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyada qancha portlovchi qurilma yo‘q qilinganini bildirdi
Suriyaning terrorchilardan ozod etilgan shimoliy-sharqiy tumanlarida AQSh tomonidan ajratilgan mablag‘lar yordamida 20 mingdan ortiq mina va qo‘lbola portlovchi qurilmalar zararsizlantirildi. Bu haqda RIA «Novosti» AQSh Davlat departamenti matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, 2015 yildan beri taxminan 54 mln dollar ajratilgan. Ushbu mablag‘lar, shuningdek Suriyadagi ittifoqchilarning qo‘shimcha moliyaviy yordami tufayli 15,5 mln kvadrat metr hudud portlamay qolgan zaryadlardan tozalandi.
Idoradan qo‘shimcha qilishlaricha, xususan, «Raqqada infratuzilmaning 235ta o‘ta muhim obekti» tozalandi, jumladan shifoxonalar, maktablar va suv ta'minoti inshootlari.
Bundan tashqari, ushbu dastur doirasida «ishonch qozongan 250 nafar suriyalik» minasizlantirishga professional tarzda o‘qitildi.
Mavzuga oid
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026