Sport | 08:30 / 28.04.2018
31802
1 daqiqa o‘qiladi

Boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati yakunlandi. O‘zbekistonda nechta medal?

Bangkokda boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatida kecha finaldagi barcha janglar yakuniga yetdi. Unda -56 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Abdumalik Xalakov tailandlik bokschini mag‘lub etib, Osiyo chempioniga aylandi.

Samandar Xolmurodov (-52kg), Timur Merjanov (-81kg), Javohir Tog‘aymurodov (-91kg) va Jamshidbek Mahmadaliyev (+91kg) esa finalda kumush medalni qo‘lga kiritdi. Jahongir Rahmonov (-69kg) va Navo Tamazov (-75kg) musobaqaning bronza medali bilan yurtimizga qaytadigan bo‘ldi.

Foto: Boks federatsiyasi
Foto: Boks federatsiyasi
Foto: Boks federatsiyasi

Qizlar o‘rtasidagi janglarda Mahliyo Rahimova (-60kg) bronza medali sohibasiga aylandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 1ta oltin, 4ta kumush va 3ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid