Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an turk muxolifatini xorijdan moliyalashtirilishda aybladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an muxolif Xalq-respublika partiyasini xorijdan moliya olishda ayblab, amerikalik milliarder Jorj Sorosni nazarda tutib, partiyaning “ko‘plab Soroslari” borligini aytgan.
“Biz bu odamlar (Xalq-respublika partiyasi funktsionerlari) kim ekanligini va ularni qaysi manbadan boqishlarini yaxshi bilamiz. Ularda ko‘plab Soroslar bor”, deb aytgan Erdo‘g‘an Anqarada hukmron Adolat va rivojlanish partiyasi hududiy bo‘limlari rahbarlari oldidagi chiqishida.
Erdo‘g‘an, shuningdek, muxolif partiya yetakchisi Kamol Qilichdaro‘g‘luni u o‘zining nomzodini mamlakatdagi navbatdan avvalgi prezident saylovlariga qo‘yishga shoshilmayotgani uchun tanqid qilgan. “Siz prezident qanday bo‘lishi kerakligi haqida ko‘p gapirasiz. Bu ta'rifga ko‘ra eng maqbul odam siz ko‘rinasiz, nima uchun nomzod bo‘lib ko‘rmaysiz?”, deb aytgan Erdo‘g‘an Qilichdaro‘g‘luga ishora qilib.
Erdo‘g‘an Xalq-respublika partiyasi o‘z nomzodini prezident saylovlariga qo‘yishni hattoki istamayotganini va faqatgina unga va hukmron partiyaga adovatini ko‘rsatish bilan ovora ekanini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
09:34 / 09.01.2026
Venesuela muxolifatchilar qamoqdan ozod etilishini e’lon qildi
13:55 / 12.09.2025
Gurjistonda eng yirik muxolifat partiyasi yetakchisi ushlandi
09:51 / 26.06.2025
Qonunchilik palatasida muxolifatning kafolatli huquqlari kengaymoqda
10:41 / 13.01.2025