Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil G‘azo sektoriga aviazarba berdi
Isroil harbiy aviatsiyasi HAMASning G‘azo sektoridagi oltita harbiy-dengiz obektiga zarba berdi. Bu falastinliklar bir guruhi chegara orqali kirib o‘tishga uringanidan so‘ng sodir bo‘ldi, deb xabar qilingan Isroil armiyasining tvitterdagi sahifasida.
«Bizning kuchlar G‘azo sektorida HAMAS harbiy-dengiz kuchlariga tegishli bo‘lgan oltita terrorchilik obektiga hujum qildi. Hujum Isroil hududiga kirib olish bo‘yicha keng ko‘lamli urinishga javoban yuz bergan», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Isroil Suriyadagi bazaga hujum qilgani haqida xabar bergandi. Isroil harbiy-havo kuchlari Suriyaga so‘nggi haftalar ichida ikkinchi marta hujum uyushtirgandi. Avvalroq, Isroilga tegishli ikkita F-15 qiruvchisi Tifor aerodromiga sakkizta raketa bilan zarba bergan edi. Suriya rasmiy OAV xabariga ko‘ra, Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari Xoms shahri yaqinida raketalarni urib tushirgan. Suriyalik harbiylar 10ta raketani tutib olgan, ular Shayrot aerodromiga qarab uchirilgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026